
08.04.2024
Unda bayon etilishicha, fuqaro Yakkabog' tuman markazida joylashgan Xalq bankiga qarashli bankomat orqali oʻziga tegishli boʻlgan plastik kartasidan 1 300 000 soʻm pul mablagʻi yechmoqchi bo'ladi, ammo plastik kartadan pul yechiladi, bankomatdan esa pul chiqarib berilmaydi. Ushbu holat yuzasidan fuqaro bank xodimlariga murojaat qilgan bo'lsa-da, masala paysalga solinib, uning yechimi ortga suriladi.
Mazkur holat yuzasidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganish olib borildi. Aniqlanishicha, ushbu holat bankomatda naqd pul mablagʻi tugab qolganligi sababli yuzaga kelgan. Oʻrganish natijasida, fuqaroga bankdan 1 million 300 ming soʻm naqd pul olib berilishi ta'minlandi.