
24.04.2024
Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F.I. xarid qilgan changyutgichida kafolat muddati davrida nosozliklar kuzatilgani va servisga murojaat qilsa ham, muammosi hal bo'lmaganidan shikoyat qilib, Navoiy viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasidan amaliy yordam so'ragan.
Ushbu murojaat Navoiy shahar jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilishi va servis xizmat ko’rsatish markazi xodimlariga berilgan tushunturishlar natijasida, changyutgich bepul ta’mirlab berilib, murojaat ijobiy hal etildi.