25.04.2023
Surxondaryo viloyati Angor tumani "Yangi Turmush" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.A. federatsiyasining 1091 "ishonch telefoni" orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro istiqomat qiluvchi mahalla "Bio Texno Eco" MCHJ bilan shartnoma imzolagan. Ammo mahalla ko'chalariga 2-3 oydan buyon sifatli xizmat ko'rsatilmagan hamda chiqindilar vaqtida olib ketilmagan.
Ushbu murojaat Angor tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida, haqiqatan ham "Bio Texno Eco" MCHJ murojaatchi istiqomat qiladigan ko'chaga ancha vaqtdan buyon xizmat ko'rsatmayotgani ma'lum bo'Idi. Yuqoridagi holat yuzasidan qonuniy tartibda tushuntirish ishlari olib borilgandan so'ng, ko'chadagi chiqindilar shu vaqtning o'zida olib ketildi.