
07.02.2025
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Davlatobod tuman ijro etuvchi apparatiga tumanda yashovchi isteʼmolchilardan koʻplab murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarda bayon etilishicha, “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Davlatobod tuman filiali xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida maishiy chiqindilarning olib ketilmasligi natijasida, iste'molchilarga hech qanday xizmat koʻrsatilmagan.
O'rganishlar davomida haqiqatdan ham Davlatobod tumanidagi 24 ta MFY hamda “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Davlatobod tuman filiali oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-noyabrdagi PF5580-sonli Qaroriga asosan ommaviy shartnoma tuzilgani aniqlandi. Ammo qish mavsumida havo haroratining sovishi va gaz tanqisligining yuzaga kelishi sababli, MChJ maxsus texnikalari yoqilgʻi bilan ta'minlanmagan. Shu bois, 2024-yilning iyun, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr va 2025-yil yanvar oylarida qatnov grafigi boʻyicha aholiga toʻliq va sifatli xizmat koʻrsatilmagan.
Oʻrganish yakuniga koʻra, “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Davlatobod tuman filiali tomonidan tumanidagi 24 ta MFY aholisiga belgilangan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilmaganligi sababli, yuqorida sanab o'tilgan oylar uchun jami 25956 nafar aholidan olinadigan 3 615 283 436 soʻm to'lovlarni undirish bekor qilindi