Telegram-bot Virtual qabulxona

10.02.2025

Kafolat muddati davrida kir yuvish mashinasida aniqlangan nuqson bepul bartaraf etildi

Maishiy texnika vositalari xarid qilish jarayonida “kafolat muddati” atamasiga ko‘pchilik duch kelgan. Ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat muddati doirasida tovarda nuqson kuzatilsa, servis xodimlari tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rilishi kerak.

Jondor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.R. ham tumandagi maishiy texnikalar savdo do‘konidan 4 800 000 so‘mga kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Ammo oradan ko‘p o‘tmasdan, maishiy texnikada nuqson aniqlangan, servis xodimlari esa muammoni bartaraf etmagan. O‘z huquqlarini to‘laqonli anglagan iste’molchi amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga murojaat qoldirgan.

Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari sa’y-harakatlari bilan muammo tez fursatda ijobiy hal etildi. Nosozlik servis tomonidan to‘liq tuzatilib, murojaat muallifi roziligiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00