
06.03.2025
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qoldirilgan navbatdagi murojaatga ko‘ra, Jizzax shahri "Oqqo‘rg‘onlik" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro B.Q. “Jizzax suv ta’minoti” korxonasi xodimlari tomonidan xonadoniga hisoblangan 8 000 000 so‘m qarzdorlik asossiz ekanligini bildirib, holatga oydinlik kiritishda amaliy yordam so'ragan.
Ushbu murojaat Jizzax shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan qonun doirasida o‘rganib chiqildi. Natijada, "Jizzax suv ta’minoti" AJ shahar filialining “Aholi bilan ishlash bo‘limi” tomonidan “BILLING” bazasi tekshirilganda, texnik nosozlik sababli, fuqaroning nomiga qo‘shimcha hisobraqami ochilib qolgani, shu sababdan qarzdorlik kelib chiqqani aniqlandi. Bazaga iste’molchining nomiga ochilgan ikkinchi hisobraqamni o‘chirish yuzasidan ma’lumot kiritildi va asossiz qarzdorlik so‘ndirildi.