31.10.2024
Navoiy shahrida yashovchi fuqaro D.X. tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.
Shu yilning 14-oktyabr sanasida fuqaro Navoiy shahrida joylashgan “Darxon” savdo bozoridan 5 900 000 so‘mga sotib olgan 4 dona eshik romlari sifatsiz ekanligi iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘ladi. Savdo do'koni xodimlari esa “Otanga bor, onanga bor” qabilida masalani hal qilishni paysalga soladi.
Fuqaroning ushbu murojaati Navoiy shahar jamiyatiga yo‘naltirilib, jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilganda, haqiqatan ham eshik romlari sifatsiz ekanligi ma'lum bo'di. Jamiyat mutaxassislarining ham savdo xodimiga iste’molchining qonuniy huquqlarini tushuntirish oson bo‘lmadi. Biroq qonun hamma uchun barobar. Juda ko‘p tushuntirish va urinishlar natijasida, sifatsiz holga kelgan eshik romlari savdo do'koni tomonidan ta’mirlanib qayta o‘rnatilib berilishida iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatildi.