Telegram-bot Virtual qabulxona

03.05.2023

Iste'molchi foydasiga 28 million 800 ming so'm ustama undirildi

Jizzax shahrining "Zilol" mahallasida istiqomat qiluvchi M.O. federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro "Metan Koreya" MCHJ tomonidan qurilgan koʻp qavatli uydan xonadon sotib olgan. Shartnomaga asosan, buyurtmachi oʻtgan yilning noyabr oyida uyni qabul qilib olishi kerak edi, ammo javobgar va’da qilingan vaqtda xonadonni egasiga topshirmasdan, shartnomada koʻrsatilgan 5.5-bandni buzgan.

Holat bo'yicha Jizzax shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganish va tushuntirish ishlari olib borilgach, murojaatchiga sotib olgan uyi topshirilib, MChJdan har bir kechiktirilgan kun uchun jami 28 800 000 (yigirma sakkiz million sakkiz yuz ming) soʻm ustama undirib berildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00