
21.06.2024
Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanida yashovchi fuqaro X.B. 2024-yil 5-iyun kuni tumandagi savdo do'konlarining biridan 19 500 000 so'mlik elektromotosikl sotib olgan. Ammo o'n kundan keyin uning nosozligi ma'lum bo'lgan. So'ng, fuqaro mas'ullardan ta'mirlab berishni yoki pulini qaytarishini so'ragan. Sotuvchi esa iste'molchining haqli talablarini rad etgan.
Ushbu holatdan norozi boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilgan. Sotuvchiga "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunining hamda O'zbekiston Respublikasida 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli "Chakana savdo qoidalari"ning tegishli bandlari tushuntirildi. Shundan so'ng, o'zaro kelishuvga asosan, elektromotosiklning ehtiyot qismlari yangisiga almashtirilib berildi.