Telegram-bot Virtual qabulxona

14.02.2024

Salkam 4 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Nurli oy" ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Sh.ning xarid qilgan televizorni sifati talab darajasida chiqmaganligi, sotuvchiga qaytarishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, u elektron dastur vositasida "TCL 43 P635" rusumli televizorni 3 675 000 so‘mga sotib olgan. Lekin undan foydalanish jarayonida tasvirlarni xira ko‘rsatishidan, tasvirlarning sifati internet vositasida va kabel antenna vositasida ko‘rilganda bir-biridan farqlanishi kabi holatlardan norozi bo‘lib sotuvchiga qilgan murojaati bo‘yicha natijaga erisholmagach, amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab shahar jamiyatiga murojaat qilgan.  

Shahar jamiyati mutaxassislari holatga oydinlik kiritish maqsadida sotuvchi bilan bog‘langanlarida, ular tomonidan dastlab, qaytarilgan tovar bo‘yicha diagnostika markazining xulosasi olinishi, unga asosan agar tovarga iste'molchi tomonidan zarar yetkazilmaganligi ma'lum bo‘lsa, shundan so‘ngina pul mablag‘i qaytarilishi ma'lum qilindi.  

Jamiyat mutaxassislari tomonidan "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun, xususan, qonunning 28 prim 1-moddasi talablari bo‘yicha olib borilgan qo‘shimcha tushuntirishlardan so‘ng esa, iste'molchining 3 675 000 so‘m puli elektron dastur vositasida to‘liq qaytarib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00