
29.02.2024
Fuqaro U.A. 2023-yilning 6-dekabr sanasida Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan tibbiy kosmetologiya markaziga oshqozonida boʻlayotgan muammolar sababli murojaat qilgan. Tibbiy markaz mutaxassislardan birini tavsiya etgan hamda fuqaro muolajalar uchun 400 AQSh dollari miqdorida to'lov qilgan. Tibbiy kosmetologiya markazi mutaxassisi Sh.Sh. fuqaroga ma’lum bir tartibda muolajalar olib borgan, ammo bu muolajalarning hech qanday foydasi sezilmagan. Natija boʻlmagach, fuqaro tibbiy markazga sarflagan mablagʻini qaytarib olish maqsadida bir necha bor murojaat qilgan, ammo markaz buni rad qilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan fuqaro Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga ariza qoldirgan. Ushbu murojaat Mirobod tuman jamiyati tomonidan tegishliligi bo'yicha o'rganildi. Natijada, iste’molchi sarflagan summa toʻliq qaytarilishiga erishildi.