
29.05.2023
Qumqo'rg'on tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Hunarmandlar" mahallasida yashovchi fuqaro B.O'. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro "Asl Mir" savdo majmuasida joylashgan "Omon-Zamon" MChJga qarashli "Artel" savdo do'konidan "Smart" rusumli televizor xarid qilgan. Ko'p vaqt o'tmay, tovarda nuqsonlar ko'rina boshlagan. Do'kon ma'muriyati esa uni almashtirib berishdan bosh tortgan.
Vaziyat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, sotib olingan buyum nosozligi sabab yangisiga almashtirib berildi.