24.11.2021
Hech kimga sir emaski, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tashabbusi bilan Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International), Xalqaro isteʼmolchi jamiyatlari konfederatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda, Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida joriy yilning 23-25-noyabr kunlari turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Sayyoh - 2021” xalqaro forumi oʻtkazilmoqda.
Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad, mamlakatning turizm salohiyati va jozibadorligini keng targʻib qilish, turizm sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirilish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilinishi, turistik faoliyatni oshiruvchi kopmaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro normalarni turizm faoliyati va amaliyotga joriy etilishida koʻmaklashish hamda turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida soha rivojiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va bartaraf etish buyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur Forumning ilk kunida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurayotgan xalqaro delegat aʼzolari kutib olindi, shuningdek, barcha delegat aʼzolarini Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishtirildi
Shuningdek, Forum ishtirokchilariga Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari tashkiloti prezidenti, doktor Marimutu Nadason janoblari yoʻllagan murojaat oʻqib eshittirildi va ushbu tashkilot bosh direktori Helena Loran xonimning video murojaati namoyish etildi.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati