Telegram-bot Virtual qabulxona

09.08.2023

Paysalga solib kelingan ish tuman jamiyati aralashuvi bilan hal etildi

Yozyovon tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman markazidagi Mashrab ko‘chasida yashovchi fuqaro U.M. buyurtma qilingan mebellarni tayyorlash ishlari paysalga solib kelinayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi tuman hududida mebel tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor T.I.ga umumiy qiymati 4.200. 000 so‘m bo‘lgan mebellar jamlanmasini tayyorlab berishi uchun oldindan 2.700. 000 so‘m avans puli to‘lab buyurtma bergan. Buyurtma 10 kun muddat ichida bajarilishi kelishilgan bo‘lsada, ushbu muddat o‘tib ham jamlanma tayyor bo‘lmagan. Tadbirkorga bildirgan e'tiroziga esa, xom-ashyo va materiallarni yetib kelishidagi kechikish sabab qilib ko‘rsatilgan. Iste'molchi agar buyurtmani bajarishga hali-hanuz kirishilmagan bo‘lsa pulini qaytarilishini so‘raydi. Tadbirkor esa yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘rab, buyurtmani tezkorlikda tayyorlab berishga va'da qiladi. Lekin shundan so‘ng ham ishlarni bajarish paysalga solingach, iste'molchi tuman jamiyatiga qonuniy huquqlarini himoya qilinishini so‘rab yozma ravishda murojaat qiladi.

Tuman jamiyati mutaxassisi iste'molchi murojaatini o‘rganish davomida tadbirkor bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirgach, buyurtma bo‘yicha ishlar tezkorlik bilan nihoyasiga yetkazilib, mebel jamlanmasi iste'molchi xonadoniga yetkazib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00