10.05.2023
Qo‘qon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning Huvaydo ko‘chasida yashovchi fuqaro A.S.dan yozma murojaat kelib tushgan.
Ma'lum qilinishicha, fuqaro xonadonida iste'mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o'z vaqtida amalga oshirib kelayotgan bo‘lsa-da, unga 6 million so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblangan. Murojaatchi xonadoniga o‘rnatilgan gaz hisoblagich ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirib kelishini va ushbu holatga oydinlik kiritib berilishini so‘ragan.
Murojaat asosida shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida iste'molchining vajlari o‘rinli ekani ma'lum bo‘lib, xonadonga o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasi ko‘rsatkichlari hamda iste'mol qilingan tabiiy gaz uchun amalga oshirilgan to‘lovlar asosida o‘tkazilgan qayta hisob-kitoblar natijasida, iste'molchining qarzdorligi asossiz ekani, shuningdek, 331 metr kub tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov qilgani ham ma'lum bo‘ldi. Tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushunutirishlar berilib, iste'molchiga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlik summasi bartaraf etildi.