24.03.2023
Kattaqo'rg'on tumani "Fayzikent" MFY "Shammi" qishlog'ida yashovchi fuqaro B.A. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, "Axror Berdiyev dalasi" fermer xo'jaligi elektr hisob raqamida 57 million 700 ming miqdordagi noreal qarzdorlik vujudga kelgan.
O'rganishlar davomida Kattaqo'rg'on tumani Qoradaryo elektr ta'minoti korxonasi xodimi M.U. 2020-yilning aprel oyida boshqa yuridik shaxsga tegishli bo'lgan № 024198015690 raqamli elektron hisoblagichni "Axror Berdiyev dalasi" fermer xo'jaligi hisobiga kiritib yuborgani aniqlandi.
Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan korxona mas'ullariga tushuntirish ishlari olib borilib, fuqaro zimmasidagi 57 million 700 ming miqdordagi asossiz qarzdorlik olib tashlandi.