Telegram-bot Virtual qabulxona

26.05.2023

"Lacetti" avtomobili o'z egasiga yetkazildi

Asaka tumani "Labgardon" MFY da yashovchi Z.B. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda ma'lum qilinishicha, fuqaro 2022-yil 10-avgustda "Lacetti" avtomobilini sotib olish maqsadida “Asaka Avtosavdo” MCHJ bilan shartnoma tuzgan. Unga ko'ra, fuqaro 130 200 000 so'm to'lovni amalga oshirgan. Shartnomada avtomobil 2023-yil fevral oyigacha yetkazilishi belgilangan bo'lsa-da, may oyiga qadar mashinadan darak bo'lmagan.

Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishari o'tkazilib, "Lacetti" avtomobili murojaatchiga yetkazildi va kechiktirilgan vaqt uchun "UzAVTOMOTORS" kompanyasidan kompensatsiya pulini undirib berishda amaliy yordam ko'rsatildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00