21.09.2021
Kreditlar isteʼmol ehtiyojlari, avtomobil sotib olish, birlamchi bozorda uy-joy sotib olish, maishiy texnika sotib olish yoki taʼlim olish uchun ajratiladi. Gʻijduvon tuman Mirakon MFY Adoq qishlogʻida yashovchi fuqaro S.Jumayeva joriy yilning 15-iyul kuni Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Gʻijduvon tuman jamiyatiga yozma shaklda murojaat qilib, mazkur tuman markazida joylashgan tijoraat banklaridan biriga murojaat qilib, 2019-yil iyun oyidan 2019-yil oktabr oyigacha naqt pul shaklda uy joy krediti toʻlovlarini amalga oshirganligini ammo bank xodimlaridan biri tomonidan hech qanday kvitansiya taqdim etilmaganligini va mazkur pullar bank hisob raqamiga kirim qilinmay oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganligidan norozi boʻlib murojaat qiladi.
Murojaat Federatsiyaning Gʻijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilib chiqilishi natijasida,bank xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi va isteʼmolchining 2 920 000 soʻm mablagʻi bank hisob raqamiga kirim qilinib istemolchiga belgilangan tartibda toʻlov kvitansiyasi taqdim etilishiga erishildi