Telegram-bot Virtual qabulxona

18.07.2024

Dori vositalari uchun to'langan 1 100 000 so'm iste'molchiga qaytarildi

Urganch shahar “21-Navro’z” mahallasida yashovchi fuqaro Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “SHANAZ” MCHJ dan radiodagi reklamasiga ishonib, “Effect man”, “Andro goo” va “Fenomen” dori vositalarini onlayn buyurtma asosida berib sotib olgan. 

Lekin ushbu dori vositalari uning prostata bezi adenomasi kasalligiga davo bo'lmasdan, aksincha nojo’ya ta’sir qilib, ichki organlarida yallig’lanish va badanida allergiya toshmalarini paydo qilgani va fuqaroning hozirda Xorazm viloyati IIB gospitalida davolanayotgani to’g’risida O’zbekiston is’te’molchlar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federetsiyasining Xorazm viloyati hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.

Ushbu holat hududiy birlashma xodimlari tomonidan to'liq o'rganilib, mas'ullarga amaldagi qonunchilik asoslari tushuntirildi. Natijada, dori vositalari uchun to'langan 1 100 000 so’m pul mablag’i fuqaroga qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00