
12.07.2024
Buxoro viloyati Shofirkon tumani S.Аyniy koʼchasida yashovchi fuqaro M.U. Shofirkon tuman jamiyatiga murojaat qilib, tumanda joylashgan “Mukammal ishonchli texnologiyalar” MChJga qarashli aviakassadan 2024-yilning 31-may kuni 2 340 000 soʼmga Rossiya Federatsiyasiga uchish uchun aviachipta xarid qilganligini, ammo ayrim sabablarga koʼra, uchib keta olmaganligini, aviakassa xodimlariga qilgan murojaatiga rad javobini olganligini bildirib, aviachipta pulini qaytarib olishda amaliy yordam berishni soʼragan.
Murojaat Shofirkon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganilib, aviakassa xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʼng, aviachipta uchun to'langan 2 340 000 soʼm iste'molchiga toʼliq qaytarib olib berildi.