Telegram-bot Virtual qabulxona

20.05.2024

MChJ tomonidan iste'molchining 134 million so'm pul mablag'i qaytarildi

Samarqand shahar "Sug’diyona" MFYda yashovchi fuqaro O.Z. 2023-yilning 25-may kuni Samarqand shahrida joylashgan "Samarqand Avto Tex Xizmat" MCHJ bilan Damas avtomobilini sotib olish uchun shartnoma tuzib, 134 million so’m to’lov amalga oshirgan. Fuqaro avtomobilning vaqtida yetkazib berilmagani sababli, joriy yilning mart oyida shartnomani bekor qilish bo’yicha MCHJ ma'muriyatiga ariza bergan, ammo shu kungacha pulini qaytarib ola olmayotganidan norozi bo’lib, federatsiya ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.  

Ushbu murojaat tegishli tartibda Samarqand shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda haqiqatan ham MCHJ fuqaroning pullarni qaytarmayotgani ma’lum bo’ldi va jamiyat raisi tomonidan MCHJ rahbariyatiga qonunchilik doirasida tushuntirishlar berilgandan soʻng, fuqaroga 134 mln so'm pul mablag’i qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00