
20.12.2024
Buxoro shahri S. Ayniy ko'chasida yashovchi fuqaro X.K. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro 2019-yilning 19-yanvarida ko'p qavatli uydan xonadon sotib olish uchun "Shams Nur Iqbol" MCHJ bilan 13/1-sonli shartnoma tuzgan va shartnoma jadvaliga asosan MChJning bank hisobraqamiga pul ko'chirgan. Hozirgi kunda xonadonning bahosi 597 441 566 so'm. Ammo bugungi kunga qadar xonadon iste'molchiga topshirilmagan.
Buxoro shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan MCHJ rahbariyatiga O’zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonun talablari tushuntirildi. Iste'molchining buzilgan huquqlarini tiklash uchun FIB Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sudning qaroriga ko'ra, iste'molchi X.K. foydasiga 60 000 000 so'm penya, 10 000 000 so'm ma'naviy zarar va 18 000 000 so'm ijara haqi hamda pochta xarajatlari undirib berildi.