Telegram-bot Virtual qabulxona

04.07.2023

Kechikkan avtomobil muammosi ijobiy hal etildi

Baxmal tumani "O‘rmonchi" qishlog‘ida istiqomat qiluvchi A.X. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, fuqaro Sh.Rashidov tumani "Qahramon" mahallasida joylashgan “Euro Asia Motors” MCHJga qarashli avtosalon bilan "Lacetti" avtomashinasini xarid qilish uchun shartnoma tuzgan. Ammo avtomobil belgilangan vaqtda egasiga yetkazilmagan.

Murojaat yuzasidan Sh.Rashidov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari o‘rganish o‘tkazganida haqiqatdan ham avtomashinaning ba’zi ehtiyot qismlari yetib kelmaganligi sababli, kechikayotgani ma’lum bo‘ldi. O‘rganish davomida har ikkala tomonga “O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida Qonuni”ning tegishli bandlari tushuntirilgach, har bir kechikkan kun uchun iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan foizda penya to‘lanishi va o‘n kun muddatda avtomashina o‘z egasiga yetkazib berilishiga kelishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00