Telegram-bot Virtual qabulxona

25.04.2023

3 milliarddan ortiq pul mablag'lari iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Namangan viloyatining shahar va tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga viloyat aholisi tomonidan “Toza hudud” DUK, “Namangan musaffo iqlim”, “Orif nurli kelajak” va “Chashmai safed-gaz” MChJlarning 2023-yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida ko'plab murojaatlar kelib tushgan.

Namangan shahri, Mingbuloq, Kosonsoy, Davlatobod, Namangan, Norin, Pop, Uychi, Uchqo'rg'on, Chortoq va Yangiqo'rg'on tumanlaridagi jami 389 ta mahalla yuqorida keltirilgan MChJlar bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo'nalishi boʻyicha MFYlarga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.

Oʻrganish natijalariga koʻra, “Toza hudud” DUK, “Namangan musaffo iqlim”, “Orif nurli kelajak” va “Chashmai safed-gaz” MChJlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 3 865 841 500 (uch milliard sakkiz yuz oltmish besh million sakkiz yuz qirq bir ming besh yuz) so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00