Telegram-bot Virtual qabulxona

16.11.2023

Qirg‘izistonlik fuqaroning 3 million so'mga xarid qilgan matolari sifatlisiga almashtirildi

Quvasoy shahri Qirg‘iziston Respublikasining Qadamjoy tumani bilan chegaradosh hisoblanadi. Shu sababli, ikki hudud fuqarolari o‘rtasida avvaldan qo‘ni-qo‘shnichilik, qarindosh-urug‘chilik, bordi-keldi munosabatlari shakllangan. Bu esa ikki davlat fuqarolarining kundalik muammolar yuzasidan turli idoralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlarida ham o‘z aksini topmoqda.

– "Men Farg‘ona viloyatida joylashgan "Qumtepa" buyum bozoridagi atlas savdo rastalaridan jami 3 000 000 so‘mga 10 kiyimlik atlas sotib oldim. Ammo uyga olib kelgach, matolarda nuqsonlar borligini ko'rdim. Qaytarib olib borganimda esa almashtirib berishmadi", – deydi Qig‘ziston Respublikasi Qadamjoy tumani "Uchqo'rg'on" qishlog‘ida yashovchi murojaatchi.

Quvasoy shahar jamiyati mutasaddilari iste'molchi hamkorligida mazkur buyum bozoriga borib, sotuvchi bilan uchrashdilar hamda unga nuqsonli tovar sotilganda iste'molchining huquqlari va sotuvchining majburiyatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar. Natijada, fuqaroning qo‘lidagi nuqsonli matolar maqbul sifadagisiga almashtirib berildi.

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00