06.03.2023
Denov tumani "Buyuk Ipak Yo‘li" mahallasida yashovchi J.E. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro "Amir Holding" majmuasida joylashgan do‘kondan 1 450 000 so‘mga Samsung-32 rusumli televizorni sotib olgan. Ammo hech qancha vaqt o’tmay, televizorning nuqsoni borligi ma'lum bo'lgan.
Ushbu murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan do’kon sotuvchisi va murojaatchi ishtirokida o’rganish o’tkazilib, fuqaroning o‘z xohishiga ko‘ra, nosoz televizor yangisiga almashtirilib berildi.