Telegram-bot Virtual qabulxona

03.07.2023

"Agrobank"dan tadbirkorga 220 million so‘m kredit mablag'i olib berildi

Norin tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Haqqulobod shahar "Do‘stlik" MFYda yashovchi fuqaro F.T. dan yozma murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro tadbirkorlik qilish uchun 220 000 000 so‘m kredit olish maqsadida "AgroBank" ATB Norin tuman filiali bilan shartnoma tuzgan, ammo bank 1 yil davomida turli bahonalar bilan fuqaroga tegishli pul mablag'ini o'tkazib bermagan.

Norin tuman ijro etuvchi apparat mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, bank xodimlariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, iste’molchi foydasiga 220 000 000 so‘m pul mablag'i undirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00