
06.07.2023
Jarqo’rg’on tumani "Paxta zavod" MFY da yashovchi fuqaro T.E. Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro "Cobalt" avtomashinasini Termiz shahridagi ustaxonalarning birida 350 ming so’mga ta’mirlatgan. Ammo nosozliklar to'liq bartaraf etilmagan. So'ng, usta avtomashinani Angor tumanidagi avtokompyuter xizmati uchun yuborgan. Murojaatchi 300 ming so’mga avtokompyuter xizmatidan foydalangan, biroq uning ham foydasi bo’lmagan.
Jamiyat xodimlari vaziyatni o’rganib, avtomashinani ta’mirlagan 2 ta usta bilan telefon orqali bog’lanishdi va holat tegishli tartibda tushuntirildi. Shundan so’ng, avtomobil boshqa bir tajribali usta orqali ta’mirlandi va nuqsonlari bartaraf etildi. Qayta ta’mirlash uchun sarflangan pullar yuqoridagi 2 ustadan undirib berildi.