
15.04.2024
2024-yil 12-yanvarda Urganch tuman gaz ta’minoti tomonidan tumanning “Turkmanlar” mahallasida yashovchi R.R.ga tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani uchun 3 568 122 so’m ortiqcha to’lov yuklatilgan. Fuqaro bundan norozi bo’lib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Urganch tuman jamiyatiga murojaat qilgan. Arizani o’rganish natijasi bo’yicha jamiyat fuqaroning manfaatlarini ko’zlab, fuqarolik ishlari bo’yicha Urganch tumanlararo sudiga da’vo arizasini kiritgan.
Mazkur da'vo arizasi bo’yicha 4 ta sud majlisi o’tkazilib, da’vogarning keltirgan qonuniy asoslari va javobgarning vajlarini sud to’liq o’rganib chiqdi va 2024-yil 27- martda “Hududgazta’minot” AJ ning Xorazm filiali Urganch tuman gaz ta’minoti xodimlarining tuzgan dalolatnomasi haqiqiy emas deb topildi va iste’molchiga hisoblangan 3 568 122 so'm ortiqcha to’lovni qaytarish to’g’risida qaror qabul qilindi.