Telegram-bot Virtual qabulxona

05.09.2023

Jamoatchilik eshituvida jamoat fikri o‘rganildi

Kuni kecha Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan  “Navoiy komfort city professional boshqaruv kompaniyasi”da  jamoat  eshituvi  tashkil qilindi.

Eshituvda “Navoiy komfort city professional boshqaruv kompaniyasi” boshqaruv  rahbarlari hamda  ishchi-xodimlari ishtirok etib, unda O‘zbekiston Respublikasining  “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda  “Jamotachilik nazorati to‘g‘risida”gi  Qonuni hamda qonun targ‘iboti yuzasidan Navoiy shahar jamiyati tomonidan amalga oshirib kelinayotgan tadbirlar, tizim faoliyatida qonun ustivorligi xususida  hamda joriy yilning o‘tgan davri davomida iste'molchilardan kelib tushgan og‘zaki va yozma murojaatlar,  murojaatlarning turlari xususida jamoatchilik eshituvi  ishtirokchilariga tushuncha va ma'lumotlar berildi.

Shuningdek eshituvda asosiy e'tibor ishchi-xodimlarni Federatsiya a'zoligiga qabul qilishga qaratilib, bu borada ularning taklif va mulohazalari e'tiborga olindi va berilgan savollarga jamiyat raisi va  mutaxassislari  atroflicha asosli ravishda javob qaytarishdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00