Telegram-bot Virtual qabulxona

23.08.2023

Nosoz changyutgich ta`mirlab berildi

Ro‘zg‘orda ishlatiladigan maishiy texnika vositalari changyutgichlarning ayollar uchun dastyorligi rost. Bugun changyutgichdan foydalanmaydigan oilani topish dargumon. Ammo har doim ham xarid qilingan changyutgichlar soz holatda yillab xizmat qiladi deb bo‘lmaydi.

Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoniga kelib tushgan, Qorako‘l tumanida doimiy ro‘yxatda turgan fuqaro SH.U murojaati ham aynan shu xususida. Iste’molchi maishiy texnika do‘konidan 4 000 000 so‘mga changyutgich xarid qilgan. Kafolat muddatida qurilmada nosozliklar yuzaga kelgan. Servisga murojaat qilishiga qaramasdan, hech qanday ijobiy o‘zgarish kuzatilmagan.

Qorako‘l tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, ushbu changyutgich servis tomonidan ta’mirlab berildi hamda muammo bartaraf etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00