Telegram-bot Virtual qabulxona

10.08.2023

Nosoz tovar yangisiga almashtirib berildi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy shahar jamiyatiga Konimix tumani “Do’stlik” MFYda yashovchi fuqaro M.M.dan murojaat qabul qilindi.

Fuqaro o‘z murojaatida, 2023-yil aprel oyida Navoiy shahrida joylashgan “TEXNOPLANET” savdo majmuasidan nexia-3 rusumli avtomashinasi uchun 580.000 so‘mga 6 oy kafolat muddati bilan xarid qilib olgan akkumulyatori kafolat muddati ichida nosoz holga kelib qolganligi sababli sotuvchiga murojaat qilgan bo‘lsada sotuvchi tomonidan turli xil vajlar keltirilib almashtirib bermaydi. Iste`molchining pulini ham qaytarib bermaganligidan so`ng norozilik bildirib ushbu masalada fuqaro amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilganda haqiqatdan ham akumulyatorda nosozliklar borligi va foydalanishning imkoni yo‘qligi ma'lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, savdo do‘koni rahbariga iste'molchining iste'molchi sifatida huquqlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunining tegishli moddalari yuzasidan tushunchalar berildi.

Natijada iste'molchiga, nosoz chiqqan akumulyator savdo do‘koni sotuvchisi tomonidan yangisiga almashtirib berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00