
06.03.2025
Uychi tumani "Yorqo'rg'on" mahallasida yashovchi fuqaro X.X. tuman markazida joylashgan maishiy texnika do‘konidan narxi 4 000 000 so‘m bo‘lgan muzlatgich xarid qilgan. Muzlatgichni uyiga olib kelib ishlatganida esa nuqson borligi maʼlum bo‘lgan.
Fuqaro do‘kon xodimlaridan nuqsonli mahsulotni almashtirib berishlarini talab qilgan. Ammo mas'ullar turli xil bahonalarni ro‘kach qilib, fuqaroning talabini rad etgan.
Tuman jamiyati xodimlari ushbu holatni o‘rganib chiqishdi hamda tomonlarga amaldagi qonun normalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi. Natijada, isteʼmolchi xarid qilgan muzlatgich sifatlisiga almashtirib berildi.