Telegram-bot Virtual qabulxona

23.10.2023

Elektromotoroller quvvatlagichi yangisiga almashtirildi

Elektr energiyasi yordamida harakatlanuvchi texnika qurilmalari muqobil ishlashidagi zaruriy ehtiyot qismi quvvatlagich (akkumulyator) hisoblanadi. Nosoz holatga kelgan quvvatlagichlar, tabiiyki, texnika vositasi egasiga turli ko‘ngilsizliklar keltirib chiqarishi mumkin.

Kogon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro H.B. ham "A.T. Servis" MCHJ dan muddatli to'lov asosida motoroller xarid qilgan. Ammo hech qancha vaqt o‘tmasdan, quvvatlagichda nosozlik yuzaga kelgan va iste’molchi servisga murojaat qilgan. Ta’minotchi tomonidan berilgan kafolat muddatiga asosan, bepul servis ko'rsatilishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, nosozlik mas’ul korxona tomonidan bartaraf etilmagan.

Iste’molchi amaliy yordam so‘rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishi natijasida, murojaat qayd etilib, Kogon tuman jamiyati xodimlari tomonidan holat o‘rganildi. Natijada, motoroller quvvatlagichi yangisiga almashtirib berilib, murojaat ijobiy hal etildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00