Telegram-bot Virtual qabulxona

17.04.2023

1 million 300 ming so'm iste'molchiga qaytarildi

Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 14-aprel kuni fuqaro V.F. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Namangan shahrida joylashgan “Angel” savdo doʻkonidan 1 million 300 ming soʻmga kelini uchun koʻylak xarid qilgan. Ammo koʻylak keliniga mos kelmagani sababli, bir kundan so'ng, doʻkonga qaytarib olib borgan. Doʻkon sotuvchisi esa oʻrniga boshqa ko'ylak olish mumkinligi, lekin puli qaytarilmasligini aytgan.

Holat yuzasidan Namangan shahar jamiyati xodimlari tomonidan qonun doirasida olib borilgan tushuntirish ishlar natijasida, iste'molchining ko'ylak uchun toʻlagan 1 300 000 soʻm pul mablag'i qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00