01.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining xabar berishicha, federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga Fargʻona shahri Yangi asr koʻchasida yashovchi G.R.dan murojaat kelib tushgan.
Fuqaroning murojaatiga koʻra, u Yozyovon tumani Andijon koʻchasi 2-uyda joylashgan “AS-FERGANA SERVIS” shoʻba korxonasiga tegishli avtosalon bilan metan gaz uskunasi oʻrnatilgan, qora rangli “LASETTI L-COMFORT PLUS” rusumli avtoulov sotib olish boʻyicha shartnoma imzolagan.
Maʼlum boʻlishicha, shartnoma imzolanganidan soʻng avtosalon maʼmuriyati "UzAutoMotors” tomonidan gaz uskunasi oʻrnatish bekor qilingani sababli shartnoma bekor qilib, avtoulovni berilmasligini maʼlum qilgan.
Federatsiyaning bayon qilishicha, ushbu shikoyat boʻyicha Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy jamiyati xodimlari tomonidan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun talablaridan kelib chiqib tushuntirish ishlari olib borilgan.
Tushuntirish ishlari yakuniga koʻra, isteʼmolchining xuquqi tiklanib 9 kunda qora rangli “LASETTI L-COMFORT PLUS” rusumli avtoulovni olishiga erishilgan.