Telegram-bot Virtual qabulxona

11.10.2024

O'lchami mos kelmagan ko'ylaklar puli iste'molchiga qaytarildi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi "Uyurchi damkoʻl" MFY da yashovchi isteʼmolchi H.Shodmonova yozma ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaatda bayon etilishicha, isteʼmolchi Mingbuloq tuman markazida joylashgan ayollar kiyim doʻkonidan oila aʼzolari uchun 3 ta koʻylakni 1 420 000 soʻmga sotib oladi. Ammo koʻylaklar oʻz egalariga yetib borgandan soʻng, ularga oʻlchamlari mos kelmaydi. Oradan 2 kun oʻtib, fuqaro koʻylaklarni doʻkonga almashtirish uchun olib keladi, sotuvchi esa qaytarib olishdan bosh tortadi. 

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qabul qilinib, isteʼmolchi ishtirokida joyiga borib oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida doʻkon sotuvchisiga “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasida belgilangan isteʼmolchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. Shundan soʻng, isteʼmolchi H.Shodmonovaning talabi boʻyicha oʻlchami mos kelmagan koʻylaklarning puli qaytarildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00