Telegram-bot Virtual qabulxona

28.06.2024

Foydalanilmagan energiya uchun hisoblangan salkam 40 million soʻm qarz bekor qilindi

Koson tumanida yashovchi fuqaro B.Q. shaxsiy tomorqasini sugʻorish maqsadida suv nasosidan foydalanish uchun tuman elektr ta'minoti idorasidan alohida abonent raqami ochgan va elektr energiyasidan foydalanib kelgan. 2018-yilda nasos oʻrnatilgan quduqdan suv chiqmay qolganligi sababli elektr ta'minotini toʻxtatish va abonent raqamini yopish toʻgʻrisida elektr ta'minoti korxonasiga ariza bilan murojaat etgan. Biroq ba'zi mas'ullarning e'tiborsizligi sabab abonent raqami yopilmasdan qolgan va qariyib 6 yillik davr uchun elektr energiyasi toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik hisoblab borilgan. 

Fuqaroning murojaati tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganilganda, foydalanilmagan elektr energiyasi uchun 39 million 94 ming soʻm asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligi aniqlandi. Murojaatni oʻrganish jarayonida amaldagi “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablariga muvofiq, ushbu qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, bekor qilinishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00