
21.07.2023
Pop tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Pilol" MFY "Istiqlol" koʻchasida yashovchi X.I.dan murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro shu yilning 5-iyul kuni Pop tumanidagi kredit savdo doʻkonlarining biridan muddatli toʻlov asosida 5 751 000 soʻmga yozgi soʻri xarid qilgan. Ammo tovar shu vaqtgacha iste'molchiga yetkazib berilmagan.
Oʻrganish yakunida jamiyat mutaxassislari tomonidan doʻkon sotuvchilari bilan suhbat olib borilib, so'ri isteʼmolchi xonadoniga yetkazib berildi.