Telegram-bot Virtual qabulxona

22.05.2024

“Uzum nasiya” orqali rasmiylashtirilgan 16 million soʻm mikroqarz iste'molchi zimmasidan soqit qilindi

Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro A.A. Qarshi shahrida joylashgan maishiy texnikalar savdo doʻkonidan “Uzum nasiya” orqali mikroqarz rasmiylashtirgan holda havo sovutgich, muzlatgich singari maishiy texnikalar xarid qiladi. Biroq sotuvchi iste'molchiga ma'lum qilmasdan, xarid qilingan texnika vositalariga boshqa mahsulotlarni ham qoʻshib rasmiylashtiradi. Natijada, fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan mikroqarz va unga hisoblangan foizlar miqdori oshib ketadi. Bu esa iste'molchida shubha tugʻdira boshlaydi.

Fuqaroning ushbu masala xususida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoni orqali qilgan murojaati tegishliligi bo'yicha Qarshi shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganishlarda, iste'molchi nomiga jami 43 million soʻm muddatli toʻlov hisoblanganligi, shundan 7 million soʻm fuqaro tomonidan qaytarilganligi, haqiqiy kredit qarzdorligi esa 20 million soʻmni tashkil etishi aniqlanib, qolgan 16 million soʻm mikroqarz sotuvchi tomonidan notoʻgʻri rasmiylashtirilganligiga oydinlik kiritildi. Oʻrganishlar davomida sotuvchi tomonidan “Uzum nasiya” tizimi orqali notoʻgʻri rasmiylashtirilgan mikroqarz iste'molchi zimmasidan toʻliq soqit etilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00