Telegram-bot Virtual qabulxona

24.06.2024

Murojaatchi kartasidan asossiz yechib olingan pul mablag'i qaytarildi

Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro B.N. joriy yilning 11-iyun kuni federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.  

Unga ko'ra, fuqaro Milliy bankdan o'z nomiga "Solfy" kartasi ochtirib, muddatli to‘lov asosida "Honor X8b" rusumli telefon sotib olgan va mavjud qarzdorlikni to‘liqligicha belgilangan muddatda so‘ndirgan. Ammo fuqaro kartasidan yana 1 133 000 so‘m ortiqcha pul yechib olinib, iste'molchining bir necha marotaba qilgan murojaatlariga qaramasdan, pul mablag‘i qaytarib berilmagan.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, ko‘rsatilgan holat tasdiqlandi. "Solfy" MCHJ rahbari bilan suhbat olib borilib, fuqoroning iste’molchi sifatida huquqlari tushuntirilgach, iste’molchiga tegishli kartadan yechib olingan ortiqcha pul mablag‘i  qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00