Telegram-bot Virtual qabulxona

03.06.2022

Yaroqsiz mahsulot mojorosi

 Sotib olingan buyumning nosoz chiqishi nafaqat koʻngilni xira qiladi, shuningdek, oila byudjetiga ham yaxshigina zarar keltiradi. Xoʻsh bu holda isteʼmolchilar qanday yoʻl tutishi kerak?

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi Y.Haqqulov misolida bu savolga javob topib koʻramiz. Uning sotib olgan tovari nuqsonli chiqqach, fuqaro shu zahoti Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. 

 

U doʻkonga toʻlagan pulini qaytarilishida amaliy yordam soʻragan. Uning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoniga qilgan murojaati oʻrganildi. 

 

– Yigitali ismli tadbirkordan 8 million soʻmga avtomobil ehtiyot qismi – injektor sotib olgandim, lekin injektor yaroqsiz chiqqach, unga bu haqda oʻz eʼtirozimni bildirish va pulimni qaytarishini soʻrash uchun bir necha bor telefon qildim. Lekin u qoʻngʻiroqlarimga javob bermadi. Shundan soʻng ishonch telefoniga murojaat qilishga majbur boʻldim, – deydi Y.Haqqulov. 

 

Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni oʻrganish davomida Y.Haqqulovga haqiqatdan yuqoridagi summaga nosoz injektor sotilgani aniqlandi. 

 

Sotuvchiga holat va isteʼmolchi huquqlari, sotuvchining majburiyatlari borasida tushuntirishlar berildi. Shundan soʻng nuqsonli ekanligi maʼlum boʻlgan tovar uchun toʻlangan pul mablagʻi toʻliq holda egasiga qaytarilgan.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00