Telegram-bot Virtual qabulxona

19.06.2023

9 million soʼmlik sifatsiz eshiklar yangisiga almashtirildi

Samarqand shahar "Shodiyona" koʼchasida yashovchi H.А. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro Samarqand shahar "Narpay" koʼchasida joylashgan “Baron Doors” xususiy korxonasiga 5 ta eshik buyurtma qilgan va 9 million soʼm toʼlovni amalga oshirgan. Isteʼmolchi yetkazilgan eshiklar juda sifatsiz ekanligi va korxona tomonidan almashtirib berilmayotganidan shikoyat qilib, muammoni bartaraf etishda amaliy yordam soʼragan.

Holat yuzasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan vakolat doirasida oʼrganish ishlari oʼtkazilib, amaldagi qonunchilikka asosan, iste'molchi xonadonida oʼrnatilgan sifatsiz eshiklar boshqa sifatlisiga almatirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00