Telegram-bot Virtual qabulxona

12.10.2023

Sifatsiz ko'ylak puli iste'molchiga qaytarildi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Ingichka" MFYda yashovchi fuqaro O.M.dan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, isteʼmolchi Mingbuloq tuman dehqon bozoridagi ayollar kiyimi savdo rastasidan oʻzi uchun 300 000 soʻmga koʻylak sotib olgan. Ammo uyga olib borganida ko'ylakda nuqson borligi maʼlum boʻlgan. Sotuvchi esa sifatsiz tovarni qaytarib olishdan bosh tortgan. 

Jamiyat xodimlari tomonidan sotuvchiga isteʼmolchining huquqlari toʻgʻrisida tushuntirish berilib, murojaatchi talabi boʻyicha sifatsiz koʻylak puli qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00