
06.05.2024
Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N. “Ishonch” savdo do'konidan muddatli to'lov evaziga 1 500 000 so'mlik "Artel" changyutgichini xarid qilgan. Ammo foydalanish davomida unda nosozlik kuzatilgan. Shundan so'ng, iste'molchi Olot tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Olot tuman jamiyati xodimlari holatga tezkorlik bilan oydinlik kiritishdi. Servisga taqdim qilingan changyutgich haqiqatan nosoz ekanligi aniqlanib, kafolat muddatida bepul ta'mirlab berildi.