
09.07.2024
Angor tumani “Yangi turmush” MFYda yashovchi fuqaro E. D. tumandagi tijorat bozori hududida joylashgan 61-sonli chinni idishlar do‘konidan narxi 1 300 000 so‘m bo‘lgan chinni idishlar to’plamini xarid qiladi.
Idishlar to’plamini uyiga olib borib ko’zdan kechirish jarayonida chinnilarda yoriq borligi ma'lum bo'ladi va darhol do’kon sotuvchisi bilan telefon orqali bog’lanadi hamda idishlar sifatsiz ekanligini tushuntirib, almashtirib berishini talab qiladi. Ammo do‘kon sotuvchisi to‘plamni almashtirishdan bosh tortadi.
Ushbu holat hududiy birlashma tomonidan atroflicha o‘rganilib, murojaatga asosan iste’molchining chinni idishlar to‘plami sifatlisiga almashtirib berildi.