Telegram-bot Virtual qabulxona

19.02.2024

Iste'molchi xarid qilgan 2 200 0000 so'mlik telefon apparati IMEI ro'yxatidan o'tkazildi

Navbahor tumani "Mehnat" MFY da yashovchi fuqoro A.F. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro onlayn savdo do'konidan 2 200 000 so'mlik "Cubot P80" rusumli telefon apparatini xarid qilgan. Ammo hozirgi vaqtga kelib, telefon UzIMEI ro'yxatidan o'tkazilmagani sababli ishlamay qolgan. Holat yuzasidan savdo mas'ullariga bir necha bor murojaat qilingan bo'lsa-da, hech qanday natija bo'lmagan. 

Iste'molchi murojaatidagi vajlar Navbahor tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganib chiqildi va tadbirkorga sotuvchining majburiyatlari to'g'risida qonunchilik talablari tushuntirilgach, telefon tez fursatlar ichida IMEI ro'yxatidan o'tkazib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00