Telegram-bot Virtual qabulxona

26.04.2023

"Cobalt" avtomashinasi o'z egasiga yetkazildi

Sariosiyo tumani "Gulobod" mahallasi I. Karimov ko'chasida yashovchi fuqaro Q.K. Denov tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Ma'lum bo'lishicha, fuqaro 2022-yil 19-iyulda Denov tumanida joylashgan "Surxon Avto" MCHJ bilan "Cobalt" avtomashinasi xarid qilish uchun shartnoma imzolagan. Unga asosan, 127 145 000 so'm to'lovni amalga oshirgan. Shartnomada avtomobilning 2023-yil 31-yanvar kuniga qadar yetkazib berilishi belgilangan bo'lsa-da, shu kungacha mashinadan darak bo'lmagan.

Ushbu murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganilib, murojaatchining avtomashinasi 15-aprel kuni rasmiylashtirilib, xonadoniga yetkazib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00