Telegram-bot Virtual qabulxona

17.08.2023

Suyultirilgan gaz bilan bog`liq muammo hal etildi

Tabiiy gaz tizimidan uzilgan chekka qishloqlarga har bir xoʼjalik ehtiyojidan kelib chiqib suyultirilgan gaz balonlari yetkazib berish tizimi viloyat miqyosida ham takomillashib bormoqda.  Har chorakda suyultirilgan gaz balonlari yetkazib berilishi, belgilangan vaznda boʼlishi va oʼz muddatida tarqatilishi yuzasidan Oʼzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-oʼrganish tadbirlari olib borilmoqda.

Baʼzi hollarda chekka hududlarga suyultirilgan gaz balonlari oʼz vaqtida yetib bormayotganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda. Jumladan, Gʼijduvon tumani Jovgari MFY Shoxanbex qishlogʼida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.D Buxoro viloyat hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali qilgan ogʼzaki murojaatida aynan ushbu muammoni aytib oʼtgan.

Gʼijduvon tuman jamiyati xodimlari hamda hududgaz Gʼijduvon tumani filliali xodimlari ishtirokida murojaat qonuniy oʼrganilib, kechikkan suyultirilgan gaz baloni murojaat muallifiga yetkazib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00