Telegram-bot Virtual qabulxona

25.06.2024

10 yarim million so'mlik qurilish materiallari sifatlisiga almashtirildi

Qo‘rg‘ontepa tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Jalaquduq tumani "Qashqar" MFYda yashovchi fuqaro A.R. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro Qo‘rg‘ontepa tuman "Yog'och buyumlari" bozori hududida joylashgan qurilish mollari do‘konidan og‘zaki kelishuvga asosan, jami 10 425 000 so‘mlik qurilish materillari sotib olgan. Ammo uyga olib kelgach, ularning sifatidan ko'ngli to'lmagan, sotuvchi esa mahsulotlarni sifatlisiga almashtirib berishdan bosh tortgan. 

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat qonun doirasida o‘rganilib, 10 425 000 so‘mlik taxta materiallarini sifatlisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00